![]() |
![]() |
![]() |
Sport
Velomarafonchilar finalda
15.09.2011 22:44
Ma`lumki, yoshlarni sportga ommaviy ravishda jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, havaskor sportchilar mahoratini oshirish maqsadida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda «Shunqorlar», «To'maris - sport malikasi», «An`anaviy Karate-do» kabi bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Yaqinda ana shunday sport musobaqalaridan yana biri - an`anaviy «KAMOLOT-TUR» yoshlar milliy velomarafonining hududiy bosqichlari o'z yakuniga yetdi. Bu yil to'rtinchi bor o'tkazilayotgan mazkur musobaqaning 5-12 sentyabr kunlari bo'lib o'tgan Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar saralash bosqichlarida velosportga qiziquvchi 1500 nafarga yaqin bolalar va o'smirlar ishtirok etdi. Ular orasidan uch yosh toifasi bo'yicha birinchi o'rinni egallagan 42 nafar havaskor velosportchilar respublika bosqichida qatnashish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi. Hududiy bosqichda faol ishtirok etgan yoshlar mutasaddi tashkilotlarning faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi. Musobaqaning yakuniy bosqichida velopoygachilar Toshkent shahri Bektemir tumanidagi «Rohat» mavzesidan «Yoshlik-Kamolot» sport majmuasigacha bo'lgan 20 kilometrlik masofani bosib o'tishlari ko'zda tutilgan. Ertaga «KAMOLOT-TUR» yoshlar milliy velomarafoni respublika bosqichi taniqli sanatkorlar, mashhur sportchilar, tashkilotchilar, hamkor tashkilotlar vakillari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida o'tkaziladi. Feruza MIRZAKOMILOVA, «Jamiyat» muxbiri
62 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|