Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Tafakkur
«Olam ahli, bilingizkim...»
02.02.2012 22:08 / 4 marta o`qilgan

Davlatimiz rahbari «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy siymosi xususida to'xtalib, «Agar bu ulug' zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir» deya ta`kidlaydi. Bu bejiz emas, albatta. Zotan, hazrat Navoiyning bebaho va betakror merosi milliy va umuminsoniy mezonlar silsilasida hech mubolag'asiz noyob hodisadir.

to`liq
«Naf`ing agar xalqqa beshakdurur»
02.02.2012 22:04 / 4 marta o`qilgan

Yana bir necha kundan so'ng buyuk mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud kunini keng nishonlaymiz. Aytish joizki, o'lmas asarlari orqali insonga, hayotga cheksiz muhabbat bilan to'lib-toshgan falsafiy o'gitlarini meros qoldirgan bu ulug' zot ijodi haqida juda ko'p so'z yuritilgan bo'lsa-da, unga nisbatan qiziqish aslo so'ngani yo'q. Zotan, ulug' bobomizning ijodi ummon qadar bepoyon bo'lib, har bayti hikmatli bir kitob.

to`liq
Muzeylar - ma`naviyat chashmasi
30.01.2012 15:32 / 6 marta o`qilgan

Mamlakatimizda xalqimizning boy tarixi, bebaho durdonalarini asrab kelajak avlodlarga yetkazib kelayotgan muzeylarga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, yer yuzining sayqali deya e`tirof etiladigan Samarqandda keyingi yillarda bu borada bir qator e`tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

to`liq
Buyuklikning tamal toshi
09.01.2012 10:16 / 26 marta o`qilgan

O’zining betakror san`ati, beqiyos aqlu zakovati hamda yuksak iste`dodi bilan hayratlanarli go'zallik yaratgan, nafosat olamida ezgulik, yaxshilik bilan nom qoldirishdek ajoyib saodatga musharraf bo'lgan Sharqning mashhur siymolaridan biri Kamolid­din Behzoddir. Uning shaxsi va ijodiga muxlis bo'lgan nafis tasviriy san`at shinavandalari uni «Sharq Rafaeli» deb atagani bejiz emas. Zero, Kamoliddin Behzod ham, uning uslubida Hirot, Buxoro, Tabriz singari yirik madaniyat markazlarida XVI-XVII asrlarda yashab ijod qilgan o'nlab iste`dodli naqqoshlar ham Sharq xalqlarining, shu jumladan, O'rta Osiyo xalqlarining boy va serqirra madaniy merosini qimmatbaho durdonalar bilan boyitdilar.

to`liq
Buyuklik timsollari
03.01.2012 16:54 / 23 marta o`qilgan

Xalqimiz dunyo tarixida ilm-fan salohiyati, san`ati, madaniyati va beqiyos vatanparvarligi bilan munosib o'ringa ega. Eng qadimgi davrlardan to hozirgacha Vatan tushunchasi xalqimiz ongu tafakkurida ulug' qadriyat sifatida shakllangani bilan faxrlanamiz. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin ona Vatan haqidagi tushunchamiz tamoman yangi mazmun va mohiyat kasb etdi.

to`liq
O'zbekiston – buyuk allomalar yurti
18.11.2011 01:25 / 51 marta o`qilgan

Yaqinda O'zbekiston Milliy ensiklopediyasini ko'zdan kechirayotganimda, ustozim, taniqli faylasuf olim, akademik Muzaffar Xayrullayev haqida ma`lumot berilgan sahifa yana bir bor e`tiborimni tortdi. Bu yerda yana bir bor deyishimga sabab, ushbu nashr chop etilgandan beri bu sahifa men uchun tanish bo'lib qolgan. Shunga qaramasdan har gal ustozning nurli siymosi o'ziga tortaveradi, binobarin, xayolimda u kishi bilan bog'liq shirin xotiralar uyg'onaveradi.

to`liq
Ma`naviyat me`morlari
30.09.2011 13:51 / 78 marta o`qilgan

Ilmu ma`rifat, ta`lim-tarbiya inson tafakkurining shakllanishi, ma`naviy kamolotida bosh mezon sanaladi. Zotan, ilmning ortishi, tarbiyaning mustahkamlanishi tafakkur va tasavvurga keng yo'l ochadi. Aqliy hamda ma`naviy kamolot, ma`rifatparvarlik muvaffaqiyati va ravnaqi esa jamiyat taraqqiyotini belgilaydi.

to`liq
Oilaga qo'yilgan haykal
22.09.2011 22:26 / 65 marta o`qilgan

Qarshi shahrining bosh maydonida qad rostlab turgan ulug'vor yodgorlik allaqachon qarshiliklar va viloyat mehmonlari uchun ziyoratgohga aylanib ulgurgan. Bu yerga har kuni yuzlab kishilar tashrif buyurib, monumental majmua poyiga gullar qo'yadilar.

to`liq
"Unutmas meni bog'im"
09.09.2011 00:32 / 54 marta o`qilgan

Hayot bardavom, umr esa o'tkinchidir. Faqatgina ezgu amallar bilan boyitilgan sermazmun umr sohiblarigagina barhayotlik nasib etadi. Bunday insonlarning  nomi va yodi ular bu dunyodan o'tgandan keyin ham yashab qoladi. Taniqli  huqushunos olim Ikrom Zokirov ana shunday baxtga musharraf  umr sohiblaridan bir edi.

to`liq
Ortda qolgan iz yaxshi
26.08.2011 15:16 / 78 marta o`qilgan

«Ustoz otangdek ulug'». Ushbu naql bejiz aytilmagan. Chunki qadim-qadimdan xalqimiz ustoz va murabbiylarni e`zozlab, qadrlab keladi. Ularning o'gitlari avloddan-avlodlarga o'tib kelmoqda.  

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16