Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Tafakkur
SOHIBQIRONNI LOL QOLDIRGAN HOFIZ
21.04.2007 12:37 / 559 marta o`qilgan

Ulug' mutafakkir shoir Alisher Navoiyning "Majolis-un-nafois" tazkirasi yettinchi majlisida Sohibqiron Amir Temurning she`r aytmoqqa qobiliyati va mayli bo'lganligi xususida ma`lumot beriladi. Xuddi shu sahifada Temurdek buyuk shaxsni lol qilib, g'azabini muhabbatga aylantirgan Abdulqodir ismli yuksak iste`dod sohibi nomi ham tilga olinadi.

to`liq
BERUNIY VA FUQAROLIK JAMIYATI
21.04.2007 12:34 / 674 marta o`qilgan

Davlat va jamiyatni boshqarish jarayonida o'tmish ma`naviy merosimiz an`analaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma`noda buyuk mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-siyosiy hamda ma`naviy-ma`rifiy qarashlari bugun ham o'z qadr-qimmatini yo'qotmagan.

to`liq
“HAPALAK”NI KIM YOZGAN?
17.04.2007 11:09 / 1416 marta o`qilgan

yoxud maktab darsliklaridagi ayrim chalkashliklar xususida

Hurmatli tahririyat!

Men o'quvchiman, bu yil maktabni bitirib, oliy o'quv yurtlarida tahsil olishni niyat qilgan minglab o'smirlarning biriman. Avvalo, maktubim boshidayoq Istiqlolimiz 15 yilligi arafasida chiqa boshlagan “Jamiyat” gazetasini qiziqish bilan o'qib borayotganimni aytmoqchiman.

Mamlakatimiz rahbariyatining biz yoshlarning porloq kelajagi uchun katta g'amxo'rlik qilayotganini har qadamda his etib turibmiz. Yangidan qurilib barcha sharoitlar yaratilgan, kompyuterlashgan, muhtasham sport zallari va inshootlari bilan ta`minlangan zamonaviy maktab, litsey va kollejlarda tahsil olayotganimiz - bu bizning  baxtimiz va shodligimizdir. Istiqlol farzandlarining saboq olishi, sog'­lom o'sib-ulg'ayishi, ilm va sport sohasida o'z iste`dodlarini namoyon etishi, Vatanimiz va xorijdagi nufuzli o'quv maskanlarida tahsil olishi uchun yaratilgan sharoitlardan, «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» kabi bellashuvlar muntazam o'tkazilayotganidan quvonmay bo'ladimi?

to`liq
ARXITEKTOR, BOSH REJA, LOYIHA...
16.04.2007 16:52 / 616 marta o`qilgan

shaharsozlik sohasining asosiy ustunlaridir

Har qanday bunyodkorlikning avvali loyihadan boshlanib, qurilajak inshootning tarxi me`morlar tomonidan yaratiladi. Buni hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo bu kasb-kor sir-sinoati bilan chuqurroq tanishish barcha uchun qiziqarli bo'lsa kerak. Shu maqsadda poytaxtning Alisher Navoiy ko'chasida joylashgan «O'zshaharsozlik» loyiha-ilmiy tekshirish institutida bo'ldik. Institutning bosh rejalar bo'limida ish, ayniqsa, qizg'in ekan.

to`liq
DUNYONI MEHR ASRAYDI
19.03.2007 15:02 / 557 marta o`qilgan

Inson yaralibdiki, dunyoni anglashga, unda qanday sir-sinoatlar mavjudligini bilishga intiladi. Ilk qadamlar esa katta shaharlarni barpo etishga olib keldi. Natijada taraqqiyot va boylikka erishildi. Boylik esa insonda... yovuzlikni uyg'otdi. Xo'sh, bugun inson nimaga intiladi? Yovuzlikkami yoki ezgulikka? Jahonda kechayotgan jarayonlarni kuzatsangiz, insonda har ikki tuyg'u yonma-yon yashayotganiga amin bo'lasiz.

to`liq
O'ZLIGINI ANGLAGAN O'ZBEK
19.03.2007 14:57 / 1060 marta o`qilgan
Mustaqillik bois  biz milliy g'urur, milliy ma`naviyat, milliy qadriyat, o'zlikni anglash haqida ko'p gapirayapmiz. Bu tabiiy hol, albatta. Chunki biz ko'p yillar shunga tashna bo'lib yashadik. Yaratganga shukurlar bo'lsinki, bugun milliy g'ururimiz oshdi, milliy ma`naviyatimiz yuksaldi, milliy qadriyatimiz qadr topdi, o'zligimizni - kim ekanligimizni yaxshiroq anglab yetdik. to`liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING MAJLISI
19.02.2007 16:20 / 550 marta o`qilgan
2007 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi. to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16