|
BARKAMOL AVLOD - KELAJAK BUNYODKORI
26.05.2008 14:45 / 319 marta o`qilgan
Biz mustaqillik tufayli ulug' bobolarimizni qayta tanidik. «O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat» deya ta`kidlangan da`vat bizni Sohibqiron Amir Temur, Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, Beruniy, Mirzo Ulug'bek singari mutafakkir bobolarimizning davlatchilik, jamiyat, tibbiyot, qomus va koinot ilmlariga doir saboqlarini chuqur va mukammal o'rganishga undamoqda. to`liq
|
|
«ILMGA CHANQOQLIK VATANGA SADOQAT DEMAK»
26.05.2008 14:42 / 344 marta o`qilgan
Qarshi shahridagi iqtisodiyot kolleji talabalarining bugungi shiori shundayErtasiga ishonch, e`tiqod ila boquvchi, elu yurt yukiga yelka tutuvchi navqiron avlod vakillarini ko'rganda har birimizning dilimiz g'urur va iftixor hislari bilan to'lib-toshadi. to`liq
|
|
JARANGLAYDI SO'NGGI QO'NG’IROQ...
26.05.2008 14:33 / 342 marta o`qilgan
Keyingi yillarda mamlakatimiz umumta`lim maktablarida o'quv yilining oxirgi kunida «So'nggi qo'ng'iroq» va «Bitiruv kuni» tadbirlarini o'tkazish yaxshi an`ana tusini oldi. Bu yil ham yurtimizning barcha maktablarida ushbu bayramga qizg'in hozirlik ko'rilmoqda. Mazkur tadbirlardan ko'zlangan maqsad bitiruvchilar qalbida jonajon maktabiga muhabbat, ustozlarga hurmat, shuningdek, mustaqil hayotga qadam tashlashda mas`uliyat va sharaf tuyg'ularini shakllantirishdan iborat. to`liq
|
|
TEZKORLIK - ASOSIY OMIL
21.05.2008 02:25 / 318 marta o`qilgan
Axborot asri, deya e`tirof etilayotgan yangi yuzyillikda kishilik jamiyati muntazam ravishda yangilik va xabarlar bilan ta`minlanish imkoniga ega bo'ldi. Texnika taraqqiyoti jahonning u yoki bu burchagida sodir bo'lgan voqea-hodisalardan qisqa vaqt ichida xabardor bo'lish imkonini bermoqda. Axborot almashinuvi mislsiz darajada tezlashgan globallashuv jarayonida ommaviy axborot vositalarining alohida o'rni bor. to`liq
|
|
HYURES FESTIVALIDA MILLIY SAN`ATIMIZ NAMOYISHI
21.05.2008 02:24 / 351 marta o`qilgan
Shu yilning 25-27 aprel kunlari Fransiyada bo'lib o'tgan nufuzli 23-Ier (Hyires) Xalqaro moda va fotografiya festivalida O'zbekiston delegatsiyasi ham ilk bor ishtirok etdi. Fransiyaning Ier shahrida 1986 yildan beri festival bahona jahonning eng nomdor moda va fotosan`at ustalari har yili to'planishadi. Bu yil «O'zbekiston madaniyati va san`ati forumi» jamg'armasi mazkur festival tashkilotchilari qatoridan o'rin oldi. to`liq
|
|
BILIM VA TAFAKKUR SINOVI
21.05.2008 02:20 / 325 marta o`qilgan
Shu kunlarda poytaxtimizda maktab o'quvchilarining kimyo fani bo'yicha 42-xalqaro Mendeleev olimpiadasi bo'lib o'tmoqda. Unda dunyoning 15 mamlakatidan 90 nafarga yaqin o'quvchi-yoshlar ishtirok etayapti. Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadaning yurtimizda o'tkazilishi mamlakatimiz ta`lim tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar samarasidir. to`liq
|
|
«SAMARQAND YONILG'ISI»
28.04.2008 02:12 / 438 marta o`qilgan
Samarqandlik tadbirkor, iqtisodchi-huquqshunos Farhod Muqumov texnika fanlari nomzodi Rustam Qutbiddinov bilan hamkorlikda ajabtovur yangi yonilg'i tayyorladilar. to`liq
|
|
OZOD YURTNING BARKAMOL FARZANDLARI
28.04.2008 02:08 / 423 marta o`qilgan
yoxud muxlislar bekorga qarsak chalmadi Beshikdagi qizaloq radiodan taralayotgan kuyga befarq emasligi onaning e`tiborini tortadi. Kuy tugagach, qiziq holat ro'y beradi: jimgina musiqa eshitayotgan go'dak kuyni xuddi shu ohangda davom ettirib, o'zini o'zi allalay boshlaydi. Aql bovar qilmas bu holdan xabar topgan, aslida san`atkor bo'lgan ota «Qani, boshqa musiqani qo'yib ko'raylik-chi, nima qilarkan» deydi va boshqa bir kuyni xirgoyi qiladi. Go'dak xirgoyiga mos tovush chiqarib ota-onasini hayratda qoldiradi. to`liq
|
|
"YOSHLARGA HAVASIM KELADI"
21.04.2008 12:59 / 430 marta o`qilgan
- Men ularga juda havas qilaman. - Tor shim, ochiq-sochiq koftada yurishsayam-a? - Hayo - bizning asosiy fazilatimiz. Bugun bo'lmasa ertaga qondagi hayo baribir ovoz beradi. O'zi o'zini o'nglab oladi. - Allambalo musiqalar eshitishib, qiyshanglab o'yinga tushishsa ham-a? - O'sha musiqalarda faoliyatga chorlaydigan nimadir bor. Balki, yuragidan kechayotgan tuyg'ularga mosdir shu musiqalar. Qo'yavering, ertaga kumushni misdan ajratib olishadi. - Sizningcha, ularga hech qanday e`tiroz bildirmaslik kerak ekan-da? - Sevib, sevib, yaxshi ko'rib-ko'rib, e`tiroz bildirish kerak. to`liq
|
|
TAQDIRNING BUYUK TUHFASI
21.04.2008 12:44 / 743 marta o`qilgan
yoxud hazrat Alisher Navoiy suvratlari talqini Ba`zi tadqiqotchi va rassomlar Kamoliddin Behzod chizgan hazrat Alisher Navoiy portretini uning shogirdi Mahmud Muzahhib chizgan muraqqa`lar bilan adashtirib yurishadi. to`liq
|