Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

To`rtinchi hokimiyat
Samimimiy qutlaymiz
07.09.2009 21:11 / 230 marta o`qilgan

Kuni kecha matbuotda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  «O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'n sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida»gi Farmoni e`lon qilindi. Eng quvonchlisi, unda jamoamiz vakili, xatlar va ommaviy ishlar bo'limi mudiri Ma`murjon Qiyomovning ham borligi bizni quvontirdi.

to`liq
Ijodga undovchi rag'bat
07.09.2009 21:09 / 227 marta o`qilgan

Shu kunlarda mamlakatimizning har bir go'shasida bayram shukuhi kezib yuribdi. Aytish joiz, Vatanimiz mustaqilligining 18 yillik shodiyonalari yurtdoshlarimizga bir olam quvonch-shodliklarni tuhfa etmoqda. Bunga yaqinda poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida «Eng ulug', eng aziz» respublika ko'rik-tanlovining g'oliblarini taqdirlashga bag'ishlangan tantanali marosimda yana bir bor ishonch hosil qildik.

to`liq
Imom al-Buxoriy saboqlari: ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-adabiy jurnalining 2009 yil 1-soni bosmadan chiqdi
02.08.2009 10:25 / 298 marta o`qilgan

Jurnalning ushbu soni avvalgilaridan shakl va mazmun jihatdan mutlaqo yangicha ahamiyat kasb etgani bilan o'quvchilar diqqatini o'ziga tortadi. Ma`lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 1998 yilda buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy hazratlarining 1225 yilligi keng nishonlangan edi. Alloma dafn etilgan Xartang qishlog'ida ziyoratgoh majmuasi qurib bitkazilgani, asarlari o'zbek tiliga tarjima qilingani, jumladan, ijtimoiy hayotimizda katta voqea bo'lgan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg'armasi tashkil etilgani keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan edi.

to`liq
2010 yil uchun obuna mavsumi boshlandi
20.07.2009 12:06 / 260 marta o`qilgan

Biz mamlakatimizda chop etilayotgan davriy nashrlarga har yangi yil uchun joriy yil kuz oylarida obuna boshlanishiga odatlanib qolganmiz. Obuna mavsumining kuzgi-qishki yumushlar ayni qizigan paytga to'g'ri kelishi esa muayyan qiyinchiliklarni tug'dirayotgani ham sir emas edi. Bu yil ko'pdan buyon qaror topgan ushbu tartibga o'zgarishlar kiritildi. O'zbekiston Milliy matbuot markazida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ana shu haqda so'z yuritildi.

to`liq
Kitobga muhrlangan faoliyat
20.07.2009 12:06 / 218 marta o`qilgan

Yaqinda «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida «Farg'ona jurnalistikasi» kitobi nashrdan chiqdi. O'zbekiston Jurnalist­lari ijodiy uyushmasi Farg'ona viloyat bo'limi hamda O'zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi homiyligida chop etilgan mazkur kitobda Farg'ona jurnalistikasining o'tmishi va bugungi kunda viloyatda mavjud ommaviy axborot vositalari hamda ularda xizmat qilayotgan jurnalistlarning faoliyati haqida atroflicha so'z yuritilgan.

to`liq
Hamkorlik aloqalari kengaymoqda
20.07.2009 12:05 / 234 marta o`qilgan

O'zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mamlakatimizda mustaqil, o'zini o'zi ta`minlaydigan, zamonaviy demokratik va xalqaro andozalarga javob beradigan bosma ommaviy axborot vositalarining shakllanish jarayonini qo'llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasini va xodimlari salohiyatini mustahkamlash yo'lida qator dastur va loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ta`kidlash kerakki, Fond mazkur jarayonda xal­qaro hamkorlik aloqalariga ham katta e`tibor qaratayotir.

to`liq
"Jurnalistika - tanlagan kasbim"
19.07.2009 00:19 / 282 marta o`qilgan

Bugun har sohada professional darajada mutaxassislarni tayyorlash suv va havodek zarur. Ayniqsa, jurnalistika sohasida bu anchayin muhim masaladir.

to`liq
Fuqarolik jamiyati qurishda qulay vosita
17.07.2009 00:36 / 272 marta o`qilgan

Hammamizga ayonki, bugun biz yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o'zi, hayotimizga keskin sur`atlar bilan kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu maqsadimiz bo'lgan demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lida g'oyat muhim, dolzarb vazifa va talablarni qo'ymoqda.

Islom KARIMOV.

to`liq
Yurtimiz havo mavjlarida «NRT»
17.07.2009 00:16 / 226 marta o`qilgan

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini, xususan, radiokanallarni rivojlantirishga katta e`tibor qaratib kelinmoqda. Ana shu e`tibor samarasi o'laroq, turli yo'nalishda faoliyat ko'rsatayotgan radiokanallarning paydo bo'lishi kundalik hayotimizda oddiy holga aylandi. Bu, albatta, quvonarli hol. Chunki, radiokanallarning ko'payib borayotgani  o'ziga xos ijodiy raqobat muhitini yaratmoqda.

to`liq
«Matbuot istiqboli» - taraqqiyot omili
17.07.2009 00:14 / 213 marta o`qilgan

O'zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan O'zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O'zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida mamlakatimizning bir qator xududlarida «Matbuot istiqboli» forumi o'tkazib kelinmoqda.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21