![]() |
![]() |
![]() |
To`rtinchi hokimiyat
Tub yangilanishlar ostonasida
24.11.2011 22:20
Barcha
sohada ham yangilanish, rivojlanish, taraqqiyot ko'p jihatdan moliyaviy
salohiyatga bog'liq bo'ladi. Iqtisodiy erkinlik ko'pdan ko'p yangi imkoniyatlar
eshigini ochib, yangidan-yangi tashabbuslarning ro'yobga chiqishida muhim omil
hisoblanadi. Ayni jihat ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham katta
ahamiyat kasb etadi Yaqinda O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan «Ommaviy axborot vositalarining moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy erkinligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari» mavzuiga bag'ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyada ham bu alohida qayd etildi. Ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, nazariyachi olimlar, professor-o'qituvchilar, ommaviy axborot vositalari mas`ul xodimlari, jurnalistlar ishtirok etgan mazkur anjumanda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida axborot sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta`minlash, ommaviy axborot vositalarini erkin rivojlantirishda qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish, ularni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, media tarmoqqa bozor mexanizmlarini joriy qilish, OAV bozorida raqobat muhitini shakllantirish bo'yicha belgilangan keng ko'lamli vazifalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama markazida bo'ldi. – Mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, so'z erkinligi prinsiplari va fuqarolarning axborot olishga bo'lgan huquqlarini ta`minlash borasida keng qo'lamli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, – deydi O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Abdulaziz Abdullayev. – Xususan, fuqarolarning axborot olish, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishi, so'z erkinligi, saylash erkinligi huquqlarining amalga oshirilishi, jadal rivojlanishini ta`minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to'la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko'rsatishini ta`minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilinishi fikrimiz dalilidir. Xabaringiz bor, keyingi paytlarda yangi tahrirdagi «Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi Qonunga, shuningdek, «Telekommunikatsiyalar to'g'risida», «Reklama to'g'risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi va boshqa bir qator qonunchilik hujjatlariga tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritilgani yangi siyosiy shart-sharoitlarda ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ta`minladi. Shu bilan birga, nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini ta`minlashga qaratilgan keng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirilgani ham mamlakatimizda «to'rtinchi hokimiyat»ning tom ma`noda fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Anjumanda O'zbekistonda fuqarolarning axborot, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid, milliy axborot resurslarini ko'paytirish hamda yaxshilashga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta`minlashga qaratilgan keng ko'lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani alohida ta`kidlandi. Sohada amalga oshirilayotgan ishlar sifati va samaradorligini oshirishda Konsepsiyada bayon etilgan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi barcha vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligini ta`minlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada ko'proq joriy qilish, internet tarmog'ida axborot resurslarini ko'paytirishda muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilishi qayd etildi. Ishtirokchilarning fikricha, axborot sohasida bozor munosabatlari va raqobatni rivojlantirish ularning iqtisodiy erkinligi, mustaqilligi, samaradorligini ta`minlash, matbuot erkinligi hamda mustaqilligini ta`minlashda eng muhim vazifalardan sanaladi. Konsepsiyada belgilangan «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi esa, shubhasiz, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini, mualliflik huquqi va intellektual mulkni ishonchli himoya qilish bo'yicha huquqiy kafolatlar, mexanizmlarni yanada mustahkamlashga, axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini oshirishga hamda iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Tadbirda so'zga chiqqanlarning aksariyati dunyodagi rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasi milliy ommaviy axborot vositalarini samarali qo'llab-quvvatlash milliy axborot makonini muhofaza qilish, fikrlar xilma-xilligini ta`minlash, madaniyatlar rang-barangligi hamda milliy o'ziga xoslikni saqlashning muhim elementlari hisoblanishini ko'rsatadi, degan fikrni ilgari surdilar. Shu ma`noda «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash kafolatlari to'g'risida»gi qonunni ishlab chiqish dolzarb ahmiyatga ega. Ushbu qonun bozor munosabatlari sharoitida milliy mass-medialarni tizimli qo'llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini belgilab beradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi raisi Akmal Saidovning aytishicha, ayni paytda parlament quyi palatasida ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi, «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to'g'risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash kafolatlari to'g'risida»gi, «Teleradioeshittirishlar to'g'risida»gi qonunlar loyihalari ekspertlar, mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan o'rganilib, yurtimiz keng jamoatchiligi orasida muhokama qilinmoqda. Bu ham mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining zarur va muhim jihati bo'lgan ijtimoiy sheriklik instituti jamoatchilik nazoratining hayotga izchil tatbiq etilayotganining yana bir dalilidir. Anjuman ishtirokchilarining fikricha, Konsepsiyada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so'z erkinligini ta`minlash borasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim turtki bo'ladi. Ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o'rni va ahamiyatini mustahkamlash, fuqarolarning so'z va axborot erkinligiga oid konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to'liq ta`minlashga xizmat qiladi. Anjumanda Konsepsiyadagi so'z va axborot erkinligini ta`minlash, ommaviy axborot vositalarini erkin rivojlantirish bo'yicha qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni samarali amalga oshirish bo'yicha nazariyachi va amaliyotchi jurnalistlar, mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi. Jasur KENGBOEV, «Jamiyat» muxbiri 68 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|