![]() |
![]() |
![]() |
Uchinchi sektor
Jamoatchilik fikri: jamiyatda oshkoralik va ochiqlikni ta`minlashga xizmat qiladi
02.02.2012 21:23
?a`lumki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanayotgani qayd etib o'tilgan edi. Hozirgi kunda «uchinchi sektor» vakillarining nufuzi oshib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta`sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli ham tobora mustahkamlanmoqda. Bugungi kunda jamoatchilik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o'zaro samarali aloqasini ta`minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o'zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Shuni ta`kidlash o'rinliki, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o'rganish markazi ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomidagi mustaqil nodavlat tashkilot hisoblanib, u davlat, jamiyat va fuqarolarning manfaatlarini ta`minlash, ularning o'zaro hamkorligini o'rganish uchun ta`sis etilgan. Aytish joizki, markaz ayni paytda inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik asosida izchil faoliyat olib bormoqda. Yaqinda poytaxtimizda mazkur markazning 2011 yilda amalga oshirgan ishlari tahlili va galdagi vazifalariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. - Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilayotgan e`tibor o'z samarasini berayapti, - deydi «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o'rganish markazi direktori Ra`no Ubaydullayeva. - Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, jamiyatda oshkoralik va ochiqlikni ta`minlash masalasi jamoatchilik fikrini o'rganish usul-uslublarining qay darajada rivojlangani bilan ham bevosita bog'liqdir. Jamoatchilik fikri - fuqarolik jamiyati holatini o'zida aniq aks ettiradigan ko'zgudir. Ta`kidlash joizki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida insonning so'z erkinligi va uni erkin ifoda etish huquqi kafolatlangan. O'zbekistonda jamiyat siyosiy tizimida yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning vujudga kelgani va bu jarayon huquqiy negiz bilan birga jamoatchilik fikri asosida yanada rivojlantirilayotgani yurtimizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati izchil shakllanayotganining amaldagi ifodasidir. 2011 yilda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o'rganish markazi tomonidan jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-huquqiy, ma`naviy-ma`rifiy va boshqa sohalari bo'yicha yigirmaga yaqin sotsiologik so'rovlar o'tkazildi. Ulardan eng muhimi - bu Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligi arafasida O'zbekiston fuqarolarining o'tgan davr davomida mamlakat hayotining muhim sohalarida amalga oshirilgan keng ko'lamli o'zgarishlarga munosabatini aniqlashga qaratilgan so'rovdir. Uning natijalari tahlili mamlakatimiz aholisi istiqlol yillarida amalga oshirilgan sud-huquq sohasidagi islohotlari samaralariga yuqori baho berganini ko'rsatdi. So'rov qatnashchilari mamlakatimizdagi tinchlik, barqarorlik va totuvlik, hamyurtlarimizning ertangi kunga qat`iy ishonchi, aholi turmush darajasining muntazam oshib borayotgani, tobora kengayib borayotgan xalqaro hamkorlikni jonajon Vatanimizning gullab-yashnashini ta`minlaydigan asosiy omillardan biri sifatida qayd etishgan. Shuningdek, o'tgan yili «Oila va jamiyat», «Oilaviy biznes», «Yoshlar va huquq», «O'zbekistonda xotin-qizlar bandligi», «Yoshlarning hayotiy qarashlari va intilishlari», «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojida banklarning o'rni», «Odam savdosi» kabi mavzularda jamoatchilik fikri keng o'rganildi. Ushbu yo'nalishlarda markaz tomonidan yigirmaga yaqin qo'llanma va ilmiy monografiya chop etildi. Yig'ilishda 2012 yilda markaz tomonidan amalga oshiriladigan ishlar va galdagi vazifalar ham belgilab olindi. Basandabonu JALILOVA, Jurnalist 21 marta o`qilgan
|
| Jamiyat ijtimoiy-siyosiy gazetasi © 2007 100000, Toshkent shahri, Buyuk turon shohko'chasi, 41-uy. Ma`lumot uchun telefonlar: 233-72-77, 233-91-55. Elektron pochta: jamiyatgzt@mail.ru, jamiat@sarkor.uz «Jamiyat» dan olingan ma`lumotlarda manba sifatida gazeta nomi ko'rsatilishi shart. Ðàçðàáîòêà è õîñòèíã UZINFOCOM. Ñèñòåìà óïðàâëåíèÿ ñàéòîì MANAGER |
|