|
"URGUT" KARATE KLUBI
09.06.2007 14:36 / 550 marta o`qilgan
qishloq yoshlari orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirmoqda
Mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar sog'lom avlod tarbiyasiga ham munosib hissa qo'shib kelmoqda. Samarqand viloyatidagi "Urgut" karate klubi o'g'il-qizlarimiz o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni targ'ib etishda faollik ko'rsatmoqda. 2000 yil yanvar oyidan faoliyatini boshlagan "Urgut" karate klubi qisqa muddatda tumanning turli chekka qishloqlaridan kelgan yoshlarni o'zida birlashtirdi. Urgut tumanida karate bilan shug'ullanishni istagan yoshlar safi kun sayin kengayib bordi. Klub rahbari Sohib Sheraliyev o'z tajribasi, mahoratini shogirdlariga o'rgatib, tuman mashina-traktor parkining mo'`jazgina sport zalida o'tayotgan mashg'ulotlar sportchilarni musobaqalar sari yetakladi. 2001 yili O'zbekiston chempionatida klubning iqtidorli a`zosi Sardor Mardonov chempionatning bronza medalini qo'lga kiritdi. 2003 yilda u mamlakat kubogi bahslarida ham shunday natijani takrorladi. Klubning boshqa bir a`zosi Bobur Abdurahmonov esa klubga ilk oltin medalni tuhfa etdi. Shuningdek, klubning 1989 yilda tug'ilgan qatnashchilari O'zbekiston chempionatining jamoaviy katta bahslarida uchinchi o'rinni egallashdi. Joriy yil may oyida poytaxtdagi "Jar" sport-sog'lomlashtirish markazida o'tkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida klub a`zosi Ulug'bek Aliyev 3-o'ringa sazovor bo'ldi. to`liq
|
|
"KAMALAK"NING ETTI JILOSI
04.06.2007 15:15 / 698 marta o`qilgan
Xalqimiz doimo kamalakka go'zallik timsoli sifatida ta`rif berib kelgan. Zero, kamalakda uyg'unlashgan yetti rang insondagi yetti fazilat belgisi. Bu yetti xislat - insoniylik, ilmga intilish, ijod, muhabbat, aql, sadoqat va mehrdir. Kamalak xalqimiz orasida azaldan beg'uborlik va poklik ramzi hisoblangan, xalq og'zaki ijodi namunalarida kamalak rizq-ro'z, boylik va davlat darakchisi sifatida tasvirlangan. to`liq
|
|
HUNARLI EL KAM BO'LMAS
26.05.2007 15:12 / 454 marta o`qilgan
Jamiyat rivojlangani sari malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Mustaqillik yillarida mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Yoshlarga kasb-hunar o'rgatish tizimi tubdan takomillashdi. Bunda ayniqsa, yangidan barpo etilayotgan zamonaviy kollejlarning alohida o'rni bor, albatta. Umumxalq ahamiyatiga molik bu keng qamrovli ishlarga nodavlat tashkilotlar ham baholi qudrat hissa qo'shayapti. Ular tasarrufidagi o'quv markazlari mamlakatimiz ta`lim tizimining bir bo'lagi sifatida e`tirof etilmoqda. to`liq
|
|
IJTIMOIY QO'LLAB-QUVVATLASH
19.05.2007 16:00 / 464 marta o`qilgan
borasida nodavlat tashkilotlarning faolligi oshmoqda «Nafosat» ayollar va o'smir yoshlar o'quv-amaliyot markazi 2002 yilda ish boshlagan edi. Dastlab u tikuvchilik sirlarini o'rgatadigan dargoh sifatida faoliyat yuritdi. Hozir bu yerda chevarlik bilan birga kompyuter saboqlari, ingliz tilini o'rgatish, sartaroshlik, zamonaviy uslubda parda tikish bo'yicha ham saboqlar berilmoqda. Barcha o'quv xonalari zamonaviy o'quv qurollari bilan jihozlangan. Darslarni oliy ma`lumotli mutaxassislar o'tishadi. Ta`lim olish bilan amaliyot bir vaqtning o'zida tashkil etilayotgani o'quvchilarga puxta bilim olishlarida qo'l kelmoqda. to`liq
|
|
TASHABBUSKOR YOSHLAR OVOZI
19.05.2007 15:59 / 492 marta o`qilgan
«O'zbekiston madaniyati va san`ati forumi» jamg'armasi 2005 yildan buyon «Kamolot» yoshlar ishtimoiy harakati bilan hamkorlikda yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, yangi iqtidor va iste`dod sohiblarini aniqlash, ularning ijod va bilim cho'qqilarini egallashlariga ko'maklashish maqsadida «Kelajak ovozi» respublika ko'rik-tanlovini o'tkazib kelmoqda. Tanlov 15 dan 25 yoshgacha bo'lgan yoshlarni o'z ichiga qamrab olgan. to`liq
|
|
HAMMANING O'Z O'RNI BOR
19.05.2007 15:57 / 466 marta o`qilgan
Quyosh hammaga barobar nur sochadi. Huddi shunday oddiy insoniy mehr-muruvvat va saxovat ham insonlar qalbini nurga to'ldirib, xonadonlarni charog'on etadi. Zotan, ezgulik inson hayotiga fayzu baraka baxsh etadi. to`liq
|
|
IJTIMOIY MOSLASHUV
14.05.2007 12:01 / 532 marta o`qilgan
nogiron bolalarning tengdoshlari bilan bab-baravar o'sib-ulg'ayishini ta`minlaydi Gazetamizning o'tgan sonida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining Navoiy viloyatidagi ijrosiga bag'ishlangan yig'ilishi haqida xabar bergan edik. Ushbu Qonunning Navoiy viloyatidagi ijrosini tahlil etishda qatnashgan deputatlar hududdagi uchinchi sektor faoliyatida mahalliy davlat organlari bilan ijtimoiy hamkorlik muntazam yo'lga qo'yilganini ta`kidladi. Jumladan, bu fikrlar viloyatdagi «Umr» nodavlat notijorat tashkiloti misolida ham yaqqol namoyon bo'ladi. to`liq
|
|
BOLALAR MANFAATI QONUN HIMOYASIDA
14.05.2007 11:56 / 466 marta o`qilgan
Mamlakatimizda bola huquqlarini himoyalash borasida o'ziga xos qonunchilik tizimi yaratilgan. Birgina ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlariga nazar soladigan bo'lsak, bu yo'nalishda qabul qilingan yuzga yaqin me`yoriy hujjatlarning aksariyati bolalar manfaatini ko'zda tutadi. Bola huquqlari, avvalo, konstitutsiyamiz, oila, fuqarolik, mehnat, jinoyat kodekslari va boshqa qonunlar bilan himoya qilinadi. to`liq
|
|
«YOSH FAOLLAR MAKTABI»
07.05.2007 19:15 / 482 marta o`qilgan
Fuqarolik jamiyatini o'rganish instituti Qo'qon filiali hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston liberal - demokratik partiyasi Qo'qon shahar kengashi tashabbusi bilan Qo'qon maishiy xizmat kasb-hunar kollejida «Yoshlarda faollik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish» mavzuida davra suhbati o'tkazildi. to`liq
|
|
MEHR-MURUVVAT - BOQIY QADRIYAT
07.05.2007 19:14 / 480 marta o`qilgan
Hafta boshida Respublika «Mehr nuri» jamg'armasi, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi hamda Toshkent shahar «Ayollar kengashi» jamoat birlashmasi hamkorligida poytaxtimizdagi Mirzo Ulug'bek nomli istirohat bog'ida «Mehr-muruvvatli bo'laylik» shiori ostida katta xayriya tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda qariyalar, nogironlar, kam ta`minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari qatnashdilar. to`liq
|