Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Vatan ichra vatan
Hamkorlik ijobiy samara bermoqda
02.02.2012 22:11 / 3 marta o`qilgan

 Qadim-qadimdan muqaddas qo'rg'on deya ta`riflanadigan oilaning mustahkam bo'lishi bir qator omillarga bog'liq bo'lib, bu jarayonda mahalla institutining ham o'rni katta.

to`liq
Ezgu niyat ro'yobi
02.02.2012 22:09 / 2 marta o`qilgan

Munira aya nabirali bo'lgach, beshik anjomlari sotib olish uchun tikuvchining uyiga boradi:

- Nabiramga siz tikkan anjomlar bilan yasatilgan beshik olib borishni niyat qilgan edim, - deydi u hol-ahvol so'rashgach. - Bozorga borib yurmadim...

- Kelib yaxshi qilibsiz, egachi, lekin men tikkan anjomlar sizga qimmatlik qilmasmikin-a, - deydi mezbon odmigina kiyingan mehmonga zimdan nazar tashlar ekan...

Xullas, savdo pishmadi: sotuvchi mijoz aytgan narxga ko'nmadi, xaridorning esa tikuvchi aytgan narxda oladigan mablag'i yo'q edi. Bu holat nabira ko'rgan ayolni mulohazaga chorladi: «O'sha anjomlarni ham menga o'xshagan ayol tikkan-ku. Uning mendan ortiqcha joyi yo'q, men ham tiksam bo'lmaydimi, undan nimam kam? Men ham qilaman bu ishni!»

to`liq
Hayot mehvari
30.01.2012 15:13 / 3 marta o`qilgan

Mashhur rassom kunlarning birida dunyoning eng go'zal asarini chizishga qaror qildi. Buning uchun ana shu ijodiy tafakkuriga asos bo'la oladigan yangilikni topish maqsadida sayohatga chiqdi. Yo'lda keksa bir odamni uchratib qoldi. Undan dunyodagi eng go'zal narsa nima bo'lishi mumkinligi haqida so'radi. Otaxon uning savoliga hech ikkilanmasdan: «Imon, bolam, Imon!», - deb javob qildi. Sokin bog' oralab yurgan yigit bilan qizdan so'raganida, ular: «dunyodagi eng go'zal narsa - sevgi» deyishdi. Rassom yo'lida davom etdi. Endi unga tushkun kayfiyatdagi askar duch keldi. Ayni savolga askar: «Tinchlik» deya javob berdi. Rassom Imon, Sevgi va Tinchlikni bir rasmda yaxlit ifoda etish xususida o'ylay-o'ylay ortga qaytdi. Uyining eshigidan kirishi bilanoq bir manzaradan lol qotdi: bolalarining qarashlarida Imon, ayolining ko'zlarida Sevgi, xonadonida esa Tinchlik hukm surardi. Rassom ilhom bilan dunyoning eng go'zal asarini chizishga kirishdi. Va unga shunday nom berdi: «MYeNING OILAM».

to`liq
Fuqarolik jamiyati asosi, hayotimiz ko'zgusi
03.01.2012 16:56 / 16 marta o`qilgan

26 dekabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «Mahalla» respublika xayriya jamg'armasining hisobot-saylov konferensiyasi bo'lib o'tdi. Jamg'armaning 2006-2011 yillardagi faoliyati muhokamasiga bag'ishlangan anjumanda jamg'armaning hududiy bo'lim va bo'linmalari, fuqarolar yig'inlaridan saylangan delegatlar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etib, unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ga bag'ishlangan ma`ruzasidan kelib chiqadigan jamg'armaning istiqboldagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama etildi.

to`liq
Ma`naviyat beshigi
18.12.2011 19:03 / 27 marta o`qilgan

«Men yana bir bor mahallalar faoliyatiga ahamiyat berishga, ularning darajasini ko'tarishga da`vat qilaman. Zero, barchamiz mahallada o'sganmiz. Uning nufuzini ko'tarish, bilingki, nafaqat iqtisodiy, nafaqat ijtimoiy, balki bu siyosiy, tarbiyaviy, ulkan ma`naviy masaladir»

Islom  KARIMOV.

Kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda mahallaning roli va vakolatlari tobora oshib borayotganligi  ob`ektiv ijtimoiy jarayon bo'lib, u fuqarolik jamiyatining eng xalqchil va demokratik institutlaridan biri, noyob, betakror  ijtimoiy boshqaruv idorasi, ona yurt ramzi sifatida o'zini namoyon etmoqda. Respublika «Mahalla» xayriya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati bo'limi boshlig'i Dolli ALLAYEV bilan muxbirimizning suhbati shu xususida bo'ldi.

to`liq
Ijtimoiy himoya milliy va umuminsoniy qadriyatdir
24.11.2011 23:18 / 37 marta o`qilgan

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil va keng ko'lamli islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini ijobiy hal etishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, xususan, mahallalarning o'rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. «Mahalla» xayriya jamg'arma respublika boshqaruvi hamda uning joylardagi bo'lim va bo'linmalari, qolaversa, mahalla fuqarolar yig'inlari tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlari — kam ta`minlangan, boquvchisini yo'qotgan oilalar, nogiron va yolg'iz qariyalar, faxriylar har tomonlama qo'llab-quvvatlanib, moddiy va ma`naviy ko'mak berilayotgani ham bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir.

to`liq
Nuqra jilosi
14.10.2011 09:17 / 25 marta o`qilgan
Ekspeditsiya oldida Uchquduqdan Nurotaning Sentabsoyigacha bo'lgan bir necha yuz chaqirimli, olis masofani bosib o'tish muammosi ko'ndalang turardi. Sentabsoyga qadim qo'rg'on va quduqlar, toshbitiklar hamda uning betakror tabiatini tasvirga muhrlash niyatida yo'lning tanobini tortib borardik. Ekspeditsiya oldida Uchquduqdan Nurotaning Sentabsoyigacha bo'lgan bir necha yuz chaqirimli, olis masofani bosib o'tish muammosi ko'ndalang turardi. Sentabsoyga qadim qo'rg'on va quduqlar, toshbitiklar hamda uning betakror tabiatini tasvirga muhrlash niyatida yo'lning tanobini tortib borardik.
to`liq
Umrboqiy qadriyatlar maskani
22.09.2011 22:31 / 53 marta o`qilgan

Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilini amalga oshirish jarayonida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari jamiyatimizni modernizatsiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga munosib hissa qo'shib kelmoqda. Binobarin, istiqlol yillarida mahalla hayoti bilan bog'liq ko'plab qadriyatlar, udum va an`analarimiz qayta tiklandi.

to`liq
Asriy orzular ro'yobi
26.08.2011 15:05 / 78 marta o`qilgan

Mustaqillik yillarida bosib o'tilgan tarixiy yo'lning zalvori, erishilgan yutuqlarimiz amalga oshirilgan izchil islohotlar, bunyodkorlik va yangilanishlarda o'z ifodasini topmoqda. Qolaversa, yurtdoshlarimizning ongu tafakkuri o'zgardi. Tariximiz tiklandi. Azaliy, boqiy qadriyatlarimiz yana qadr topa boshladi. Odamlar sobiq tuzumdagi boqimandalik kayfiyatidan xalos bo'ldi. Bu shak-shubhasiz Istiqlolning mevasidir!

to`liq
Faollik va tashabbuskorlik: fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovlarida asosiy mezon bo'ldi
15.07.2011 13:06 / 65 marta o`qilgan

Mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligi  arafasida o'tkazilgan fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovlari jarayonida xalqimiz dilidagi insoniylik tuyg'ulari yana bir bor yaqqol namoyon bo'ldi. Bu esa, o'z navbatida, mahalla institutining yanada chuqur ildiz otishi va mustahkamlanishining garoviga aylanishida muhim ahamiyat­ kasb etmoqda.

to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13