Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari

UZINFOCOM Markazi

Vatan ichra vatan
NASIBA OPANING GULLARI
28.07.2007 14:47 / 536 marta o`qilgan

Nasiba opa bugun ham odatini kanda qilmadi. Munavvar tongni ezgu niyatlar ila qarshi oldi. Har kuni sog'inadi. Ekkan daraxtlariyu gullarini ko'rib, ko'ngli orziqib ketadi. Ularni hech kimga ishonmaydi, go'yoki bolani parvarish etgandek, o'zi sug'oradi, ko'zdan kechiradi...

to`liq
MAHALLA - YURTNING KO'RKI
23.07.2007 11:56 / 677 marta o`qilgan

Yaqinda poytaxtimizda o'tkazilgan xalqaro anjumanlardan birida Amsterdam universiteti professori Turaj Atabaki bilan tanishib qoldik. U o'tgan yili Qarshi shahrining 2700 yilligi tantanalarida ishtirok etgan ekan. Samarqandning 2750 yilligida ham qatnashish niyatim bor, - deydi u biz bilan suhbatda. - Bu shaharlarning kechmishi bir-biriga tutashib ketgan. Qarshiga borganimda, bir necha mahallalar turmushi bilan tanishdim. Umuman, mamlakatingizdagi bu jamoatchilik institutining azaliy an`analaridan butun dunyo  ko'p va xo'p o'rgansa, arziydi.

to`liq
MAHALLANING ZIYNATI AHILLIKDADIR
13.07.2007 15:12 / 502 marta o`qilgan
Namangan shahrida "Sharq tongi" mahallasi bor. Mahallaning har bir ko'chasida mehr-oqibat, bag'rikenglik, odamiylik saboqlarini olish mumkin. Mahalla fuqarolar yig'ini raisi Isoqjon Xolboyev bilan suhbat chog'ida, eng avvalo, shuni angladimki, bu yerda to'y-hashamlar, turli tadbirlar ortiqcha chiqimlarsiz o'tar ekan.  to`liq
«OQQO'RFON» OQSHOMLARI
25.06.2007 12:27 / 562 marta o`qilgan

Farg'onalik tanishim Shomurod aka bir kuni shunday deb qoldi: «Poytaxtga kelib «Oqqo'rg'on» mahallasida yashovchi do'stimnikida mehmon bo'lib turdim. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, hofiz va mashshoq Rustam Abdullayev shu mahallada yasharkan. Har haftada mahalla choyxonasida «Soz va suhbat» gurungi bo'larkan. Taqdir-nasiba, shu gurungning bittasida qatnashganman. Juda ajoyib, juda diltortar... Shunda Rustam aka tanburda bir mumtoz kuy ijro etdi-da, so'ng uning tarixiga oid qiziqarli  voqealarni gapirib berdi. Kechagidek ko'z-o'ngimda, hech yodimdan chiqmaydigan suhbat bo'lgandi o'shanda... Fursat topib shu odam haqida yozmaysizmi?..»

to`liq
BUNDA BOR EZGULIK, MEHRU OQIBAT
09.06.2007 15:05 / 564 marta o`qilgan
Mustaqillik yillarida xalqimizning mahalla bo'lib yashash tarzidagi boy an`ana va tajribalari mazmunan boyib, har jihatdan qadr topdi. Mahalla axloq va odob, fayzu tarovat orastalik maktabi sifatida rivojlanib bormoqda. to`liq
JAMOATChILIK NAZORATI
09.06.2007 15:04 / 538 marta o`qilgan

ijtimoiy adolat kafolatidir

Adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, shaxs, jamiyat va davlatning o'zaro munosabatlarini tashkil qilishda ijtimoiy hamkorlik, tenglik, mas`uliyat va javobgarlik mezonlari muhim ahamiyatga ega. Mazkur jarayonlarning maqsadga muvofiq kechishida jamoatchilik nazoratining xissasi salmoqli. U jamiyatning, har bir fuqaroning mamlakat taraqqiyoti yo'lidagi faolligini oshiradi. to`liq
KUCH - BIRLIKDA, HALOVAT - TOTUVLIKDA
14.05.2007 12:07 / 563 marta o`qilgan

Mukarram opa bugun har qachongidan ko'ra barvaqt uydan chiqdi. Chunki amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Opa har tong mahalladagi yolg'iz keksalar holidan xabar olishga odatlangan. U bugun ham bir necha xonadonga kirib chiqdi, yo'l-yo'lakay ko'chalar chetiga o'tqazilgan gul ko'chatlarini ko'zdan kechirdi. So'ngra maktab tomon yo'l oldi. Rejalashtirgan ishlarining bir qismini bitirib, mahalla fuqarolar yig'ini idorasiga kelganida, qabulxonada yetti-sakkiz kishi gurunglashib o'tirar edi.

to`liq
«O'ZGARISH»DA O'ZGARISHLAR DAVRI
28.04.2007 16:30 / 929 marta o`qilgan
Poytaxtning Sergeli tumanidagi «O'zgarish» mahallasiga bundan uch-to'rt yil oldin kelgan kishi qayta tashrif buyursa, atrofdagi o'zgarish va obodonchiliklarni ko'rib lol qoladi. Qarovsiz, xarob joylar butkul o'zgargan. Ko'p qavatli binolar oldi toza-ozoda, yo'laklar shinamgina, barchasi ko'zni quvontiruvchi bir xil bo'yoqda bo'yalgan. Binolar oralab yurar ekansiz, xuddi bog'da sayr qilgandek sezasiz o'zingizni; o'rik va giloslarning har bir uy oldida o'nlab tuplari o'tqazilgan, bari hosilga kirgan. Tashlandiq yotgan joyning bunday go'zal bog'ga aylantirilgani, yuzlab mevali daraxtlarning barg yozib, bo'y cho'zayotgani ko'nglingizga zavq beradi. to`liq
OLAM KO'RKI SIZ BILAN...
21.04.2007 14:40 / 528 marta o`qilgan
Ma`lumotlarga qaraganda, so'nggi 30-40 yilda tibbiyotdagi katta o'zgarishlar natijasida dunyo miqyosida qariyalar soni ortib borayapti. Ularning umrlarini uzaytirishda fanning ulushi ko'p, albatta. Demografik ma`lumotlarga ko'ra, 60 yoshdan oshgan insonlar soni 1950 yilda 188 million, 1970 yilda 221 million, 1985 yilda 407 million, 2005 yilga kelib 785 millionga yetgan, demak ularning soni 50 yilda salkam 4 baravarga oshgan. Eng quvonarli jihati, bu sohada mamlakatimizdagi  ko'rsatkichlar bundan-da yuqori. to`liq
BIR YIGITGA QIRQ HUNAR OZ
21.04.2007 14:34 / 633 marta o`qilgan

Hunarmandlar mahallada kamol topayapti

Shahrixonlik tadbirkor Sodiqjon Ne`matov «Tashabbus-2007» ko'rik-tanlovining respublika bosqichida qatnashib, «Eng yaxshi hunarmand» nominatsiyasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini «Matiz» yengil avtomashinasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. to`liq

Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13