|
|
Tanlov

Shoh-mot 1-tur
24.01.2012 13:49
Egallab turgan o'rni - familiyasi, ismi, sharifi - (viloyati) - to'plagan bali1 Normurodov Umid Muxtorovich (Samarqand) - 2 2 Usmonov Elyor (Samarqand) - 2 3 Ismoilov Jasurbek (Toshkent) - 2 to`liq
5 marta o`qilgan
|
Ekologik harakat
|
Ekoturizm odimlari
09.01.2012 10:23 / 27 marta o`qilgan
Ekoturizm bugun dunyoda eng jadal sur`atlar bilan
rivojlanib borayotgan sohalardan biridir. Aytish joiz, ekosayyohlik
mamlakatimiz uchun ham istiqbolli
sohalardan sanaladi. Shu bois bugun yurtimizda
mazkur sohani yanada rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.
to`liq
| |
Orastalik - obodlik belgisi
09.01.2012 10:18 / 13 marta o`qilgan
Bugun
yurtimizda uzog'imizni yaqin, og'irimizni yengil qilayotgan avtomobillarning
turi ham, soni ham ortib bormoqda. Ularning ko'payishi
biz uchun
juda ko'p
yengillik berishi
shubhasiz. Biroq
tanganing ikki tomoni bo'lgani kabi avtotransport vositalari soni ortishi
muayyan muammolarni ham keltirib chiqaradi. Xususan, ulardan chiqadigan zararli
gazlar atmosfera havosiga o'z ta`sirini ko'rsatishi bu borada tegishli
chora-tadbirlar belgilashni taqozo etadi.
to`liq
|
E'tirof
Mustaqil taraqqiyot yo'limizning yigirma yillik davri mobaynida jamiyat hayotining barcha jabhasida bir qator yutuq va muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritib, jahon hamjamiyatida
tobora mustahkamlanib borayotgan o'z o'rnimizga ega bo'ldik. Bugun mamlakatimizda qaror topgan barqaror tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz turmush farovonligi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy sohalardagi yuksalish zamirida amaldagi
milliy qonunchilik tizimi, xususan, Konstitutsiyamiz muhim omillardan biri sanaladi.
to`liq
|
Yaqinda mamlakatimiz tarixidagi
muhim sanalardan biri — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 19 yilligini keng miqyosda
nishonlaymiz. Aytish joiz, inson, uning hayoti, qadr-qimmati, huquq va
erkinliklari, manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida e`tirof etuvchi Bosh
qomusimiz kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lidagi ezgu maqsadlarimizga
sobitqadamlik bilan erishishimizda muhim huquqiy asos bo'lib kelmoqda.
to`liq
|
Munosabat
|
Farog'at qasri
03.01.2012 17:18 / 21 marta o`qilgan
Bola
ulg'aya borgani sari Vatan tushunchasini yanada kengroq anglay boshlaydi. Oila,
o'zi voyaga yetayotgan xonadon uning uchun eng qadrdon go'sha. U ana shu
muqaddas dargohda mehrni taniydi, oqibatni, diyonatni anglaydi. Uning qalbida
elu yurtga muhabbat tuyg'usi jo'sh uradi.
to`liq
| |
Tinchlik va osoyishtalik posbonlari: yurt obodligiga, xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda
24.12.2011 13:57 / 20 marta o`qilgan
Yaqinda
xizmat safari bilan Samarqand viloyatining Pastdarg'om tumanida bo'lib «Mehnat»
mahallasining bir guruh faollari bilan suhbatlashganimizda, ular yurtimizda
hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik xalqimizning mustaqillik yillarida
qo'lga kiritgan eng katta yutuqlaridan biri ekani haqida to'lqinlanib
so'zladilar. Samimiy ruhda kechgan gurungimizda mamlakatimizda tinchlik,
barqarorlik va jamoat tartibini ta`minlashda ichki ishlar idoralari xodimlari
faoliyati ham katta o'rin tutayotgani xususida gap bordi.
to`liq
|
Jarayon
|
Shukronalikka yo'g'rilgan kunlar shukuhi
09.01.2012 10:16 / 14 marta o`qilgan
Odatda vaqt haqida fikr yuritadigan bo'lsak, albatta,
uni oliy hakamga mengzaymiz. Shu nuqtai nazardan, yaqinda butun insoniyat, shu
jumladan, xalqimiz ham ana shu oliy hakamning yana bir katta qadami - 2012 yil
tashrifini ajib kayfiyat bilan qarshi oldi. Qayd etish joizki, mamlakatimiz va
xalqimiz hayotida muhim qutlug' sana va ayyomlar ko'p, lekin ularning orasida
yurtdoshlarimiz, ayniqsa, bolajonlarimiz katta hayajon va quvonch bilan
kutadigan Yangi yil bayramining ham o'z o'rni va ahamiyati bor.
to`liq
| |
Ezgu maqsadlar sari: shaxdam qadamlar bilan boriladi
03.01.2012 17:15 / 16 marta o`qilgan
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23 dekabr
kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi III
Qurultoyi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi deputatlari, Senat a`zolari, vazirlik va idoralar, jamoat
tashkilotlari vakillari, qurultoy delegatlari, ma`naviy-ma`rifiy sohalar
mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan
mazkur tadbirda Harakatning o'tgan besh yillik faoliyati sarhisob qilinib,
istiqboldagi muhim vazifalar va faoliyatdagi ustuvor yo'nalishlar belgilab
olindi.
to`liq
|
Tafakkur
|
Buyuklikning tamal toshi
09.01.2012 10:16 / 18 marta o`qilgan
O’zining betakror san`ati, beqiyos aqlu zakovati
hamda yuksak iste`dodi bilan hayratlanarli go'zallik yaratgan, nafosat olamida
ezgulik, yaxshilik bilan nom qoldirishdek ajoyib saodatga musharraf bo'lgan
Sharqning mashhur siymolaridan biri Kamoliddin Behzoddir. Uning shaxsi va ijodiga muxlis bo'lgan nafis tasviriy san`at shinavandalari uni «Sharq Rafaeli» deb atagani bejiz emas. Zero, Kamoliddin Behzod ham, uning uslubida Hirot, Buxoro, Tabriz singari yirik madaniyat markazlarida XVI-XVII asrlarda yashab ijod qilgan o'nlab iste`dodli naqqoshlar ham Sharq xalqlarining, shu jumladan, O'rta Osiyo xalqlarining boy va serqirra madaniy merosini qimmatbaho durdonalar bilan boyitdilar.
to`liq
| |
Buyuklik timsollari
03.01.2012 16:54 / 17 marta o`qilgan
Xalqimiz dunyo tarixida ilm-fan salohiyati, san`ati, madaniyati va
beqiyos vatanparvarligi bilan munosib o'ringa ega. Eng qadimgi davrlardan to
hozirgacha Vatan tushunchasi xalqimiz ongu tafakkurida ulug' qadriyat sifatida
shakllangani bilan faxrlanamiz. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin
ona Vatan haqidagi tushunchamiz tamoman yangi mazmun va mohiyat kasb etdi.
to`liq
|
Muhokama uchun mavzu
|
Dildagi dardlar mulohazaga undaydi
18.12.2011 19:23 / 19 marta o`qilgan
«Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2011 yil 2 dekabr sonida «Dildagi dardlar» sarlavhasi bilan e`lon qilingan maqola bizda katta taassurot qoldirdi. Qo'shiqchilik, xususan, milliy estradamizning yutuq-kamchiliklari haqida atroflicha so'z yuritilgan ushbu maqolada muallif to'g'ri ta`kidlaganidek, bugungi kunda jamiyat va munosabatlar ichra yashayotgan barchamiz, istaymizmi yo'qmi, «qo'shiq» mikroolamining fuqarolarimiz. Bu fikrlarda jon bor, albatta. Zero, texnologiyalar tobora taraqqiy etayotgan hozirgi zamonda har bir joyda va vaqtda qo'shiq tinglash imkoniyati tobora oshib bormoqda. to`liq
| |
Dildagi dardlar
18.12.2011 18:41 / 20 marta o`qilgan
So'zdirki nishon berur o'lukka jondin, So'zdirki berur jong'a xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin. Hazrat Alisher Navoiyning «Nazm-ul javohir» («Nazm javohirlari») asaridan olingan bu to'rtlik - ruboiy so'zning qadri haqida, o'rni va ahamiyati xususida mukammal tushuncha beradi. Ha, so'z o'likka jon, jonga esa jonondan nishon-belgi, xabar berib, insonning tirikligini ayon etadi. So'z insonni maxluqot dunyosidan ayirib, eng ulug' ne`mat - ongga, tafakkurga, mushohadaga qodir etuvchi, sezgi-instinktlar emas, balki his-tuyg'u, ehtiroslar bag'ishlovchi ne`mati, dunyodagi barcha sharif-e`zozli, mo'`tabar hodisalardan sharifroq asl gavhar deydi so'z mulkining sultoni ulug' bobomiz. Bu ta`rifdan o'tkazib, hech bir boshqa ijodkor balandroq sifatlar berolmagan bo'lsa-da, biroq so'z san`ati paydo bo'lgan zamonlardan beri barcha ulug' mutafakkirlar so'z haqida noyob fikrlar qoldirganlar. to`liq
|
Jahon ayvoni
|
«Reyting» e`lon qilindi
09.01.2012 10:22 / 20 marta o`qilgan
Ma`lumki, keyingi yillarda
bevosita insoniyat faoliyati bilan bog'liq ekologik muammolarning oldini olish,
ularni bartaraf qilishda ekologik nodavlat tashkilotlarning roli ortib
bormoqda. Ular turli hududlarda sodir bo'layotgan ekologik o'zgarishlar haqida
ma`lumotlar to'plash, jamiyatni, odamlarni ularning oqibatlari xususida ogohlantirish
kabi vazifalarni o'z zimmasiga olishgan.
to`liq
| |
«G’ayriinsoniy marosim»ga chek qo'yildi
09.01.2012 10:21 / 17 marta o`qilgan
Xabaringiz bor, Ispaniya va Lotin
Amerikasining bir qator davlatlarida buqalar jangi, ya`ni korrida o'tkazish
udumi bor. Biroq 2012 yilning 1 yanvaridan boshlab, Ispaniyaning Kataloniya
avtonom viloyatida mazkur turdagi musobaqalarni o'tkazish qonun yo'li bilan
taqiqlandi, deb xabar beradi «Euronews».
to`liq
|
|